Evseev: O'runovning salohiyati kuchli

30 okt 2020, 20:55
"Ufa"ning klubi sobiq bosh murabbiyi Vadim Evseev YouTube'dagi "Komment Shou" dasturida aynan Boshqirdiston klubidan Moskvaning "Spartak"iga ko'chib o'tgan hamyurtimiz Oston O'runov haqida gapirdi.

- O'runovning kuchli jihatlari nimada? Nima uchun u "Spartak"da muvaffaqiyatsizlikka uchradi?

- Chunki "Ufa" - bu "Ufa", "Spartak" - bu "Spartak". Unga vaqt kerak. Uning kuchli tomonlari - tezlik va kuchli dribling. Ostonda katta salohiyat bor, xuddi Vlashich singari.

- U Vlashichning darajasiga eta oladimi?

- Ehtimol, lekin buning uchun ko'p ter to'kishi kerak.

Ma'lumot uchun, 19 yoshli O'runov RPLning joriy mavsumida 5 ta o'yin o'tkazdi va 2 bor sariq kartochka "ishlab oldi".

O'xshash yangiliklar


Manba: sport24