Rasman: Evro-2020'dagi omadsizlikdan keyin Niderlandiya TJ ustozi iste'foga chiqdi

Eldor Akmurzayev
29 iyun 2021, 19:45
Niderlandiyaliklar bosh murabbiyi Frank de Bur lavozimini tark etdi.

51 yoshli mutaxassis Evro-2020 1/8 finalidagi Chexiyaga uchralgan mag'lubiyatdan keyin termadagi faoliyatini boshqa davom ettirmaslikka qaror qildi.

Niderlandiya futbol federatsiyasi esa shartnomaning bekor qilinishi musobaqa chorak finaliga chiqish vazifasi bajarilmaganligi bilan bog'liqligi haqida bayonot berdi.

Eslatib o'tamiz, de Bur 2020 yil sentyabridan beri Niderlandiya termasi boshqarib kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: KNVB