Van Gal uchinchi marta Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
9 iyul 2021, 09:40
Evro-2020dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Frank de Bur iste'foga chiqqandi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu lavozimga Lu van Gal nomzodi ko'rib chiqilmoqda. Niderlandiya futbol assotsiatsiyasi 69 yoshli mutaxassis bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. 

Eslatib o'tamiz, Van Gal bungacha ikki marta (2000-2001, 2012-2016) Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal.com