

Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor" yozda qator yangi o'yinchilarni tarkibga qo'shib olganidan xabaringiz bor. "Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "sherlar" yarim himoyachisi Muhammadali O'rinboev faoliyatini Rossiyaning "Spartak" klubida davom ettirishi mumkin. Moskvaliklar unga jiddiy qiziqish bildirishmoqda va muzokaralar ijobiy rivojlanmoqda. "Spartak" Muhammadalini sotib oladimi yoki ijaraga oladi, bunisi hozircha aniq emas.
Eslatib o'tamiz, O'rinboev bungacha Angliyaning "Brentford B" jamoasida o'ynab kelgan edi.




