Eshitdik-da! O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Falastinga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi

Administrator
8 yanv 2024, 00:04
Nazorat o'yinida jiddiy yo'qotish.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bir necha soat avval Falastinga (1:0) qarshi yopiq nazorat o'yinida maydonga tushdi. Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, ushbu uchrashuvda milliy terma jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov jiddiy jarohat olgan. Aliqulovning jarohati bo'yicha aniq tashxis hozircha ma'lum emas.

Ma'lumot uchun, Falastinga qarshi uchrashuvdagi yagona golni 79-daqiqada Bobir Abdixoliqov o'z hisobiga yozib qo'ydi. Ushbu golga Sherzod Nasrullaev assistentlik qildi. Uchrashuv yakuniga yaqin Abbosbek Fayzullaev penaltini aniq amalga oshira olmadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini 13 yanvar kuni Suriyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi. Keyingi turlarda terma jamoamizga Hindiston va Avstraliya terma jamoalari raqiblik qilishadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia