Eshitdik-da! "Olimpik" futbolchisiga "So'g'diyona" qiziqish bildirmoqda

Tolibjon Qosimov
25 noya 2023, 13:08
Superligamizda mavsum yakuniga yetib bormoqda.

Klublar esa keyingi mavsum uchun tarkibni shakllantirish harakatini boshlab yuborishgan.

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi bo'lajak mavsumda tarkibni kuchaytirish va jiddiy maqsadlarni ko'zlamoqda. Jizzaxliklar "Olimpik" jamoasining asosiy tayanch yarim himoyachisi Abdurauf Bo'rievni o'z safiga qo'shib olmoqchi. "So'g'diyona" 21 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Mavsum hali tugamagani bois tomonlar hali to'laqonli muzokaralarni boshlashmagan.


Eslatib o'tamiz, Bo'riev joriy mavsum Superliga doirasida 21 uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia