Ertaga Toshkentda Angliya futbol akademiyasining ochilish marosimi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2021, 14:21
Yurtimizda yildan-yilga bolalar futboliga e'tibor kuchaymoqda.

Ertaga, 5 iyun kuni soat 10:00da Toshkent davlat transport universitetida Angliyaning “Brooke House College football Academy” futbol akademiyasining texnik direktori, taniqli ingliz futbolchisi, "Lester Siti" futbol klubi sobiq murabbiyi Miki Adams (Maykl Richard Adams) ishtirokida Angliya futbol akademiyasining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tadi.

Ochilish marosimi Toshkent davlat transport universitetida o'tkaziladi. Unga barcha turdagi OAV xodimlari taklif etiladi.

Batafsil ma'lumot uchun telefon raqami: +998981241797

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia