Eriksen "Ayaks" bilan mashg'ulot o'tkazmoqda

Оқил Абдубарноев
25 yanv 2022, 21:17
"Inter"ning sobiq yarim himoyachisi Kristian Eriksen Amstyerdamning "Ayaks" jamoasida mashg'ulot o'tkazmoqda. Bu haqda Niderlandiya klubi o'z rasmiy saytida ma'lum qildi.

Avvalroq OAVda Eriksenning "Brentford"ga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi. Angliyaning Sky Sports nashri futbolchining "asalarilar" bilan muzokaralar olib borayotgani va tez orada klubga o'tishi haqida xabar bergandi.

Eslatib o'tamiz, Kristian Eriksen 2021 yilning yozida Daniya terma jamoasi safida Yevropa chempionati doirasida Finlyandiyaga qarshi o'yinda hushidan ketganidan beri maydonga qaytmadi. Keyinroq futbolchi "Inter" bilan shartnomani bekor qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ajax.nl