

"Sherlar" 3:1 hisobida g'alabani tantana qilishdi.
"Muxlislarimiz bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashdi va futbolchilar o'yin rejasini to'liq amalga oshirishdi. G'alaba qozonganimizdan xursandman, lekin bu birinchi qadam xolos.
Ushbu uchrashuvda juda yaxshi o'yin ko'rsatdik, shuning uchun keyingi o'yinlarga optimistik qarashimiz mumkin", – dedi ispaniyalik murabbiy.
Emerining shogirdlari 15 ochko jamg'arib, Angliya chempionati musobaqa jadvalida 14-o'ringa ko'tarilib olishdi. "Manchester Yunayted" 23 ochko bilan 5-pog'onada bormoqda.



