"El-Klasiko"dan oldin: Pike jamoadoshi Ansu Fati va Vinisiusni solishtirdi

Omonjon To`xtamirzayev
23 okt 2021
La Liga 10-turi doirasida "Barselona" o'z maydonida "Real Madrid"ni qabul qiladi.

"Ansu va Vinisius? Ular biroz boshqa tipdagi futbolchilar", - dedi Jerar Pike "El Klasiko"dan oldingi matbuot anjumanida.

"Vinisius tezligi va faolligi bilan ajralib tursa, Ansu esa gol urish iqtidoriga ega".

"Ammo ularning bir o'xshash jihati ham bor - har ikkisi yakkama-yakka kurashlarda qanday harakat qilishni yaxshi biladi".

"Vini va Fati - La Liganing eng iqtidorli yosh futbolchilari hisoblanadi. Agar mehnat qilishdan to'xtab qolmasalar, ularni yorqin kelajak kutib turibdi".

Eslatib o'tamiz, Vinisius chempionatning 8 uchrashuvida 5 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etgan bo'lsa, Fati 3 o'yinda 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru