Pike: "Xolandning "Barselona"ga o'tishiga umid qilaman. Top-futbolchilar bizda o'ynashi kerak"

Alisher
12 iyun 2021
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike norvegiyalik forvard Erling Xolandning "ko'k-anorranglilar"ga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Erlingning o'tishi? Men muzokaralardan xabardor emasman, ammo bitim amalga oshsa, mamnun bo'lardim. Top-futbolchilar "Barselona"da o'ynashi kerak, ammo yakuniy qarorni rahbariyat qabul qiladi", - deydi himoyachi.

Erling Xoland ayni damda Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'ynamoqda.

Uning nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Marca