Egasi o'zbekistonlik bo'lgan "Jacob & Co" brendi Ronalduga 117 000 dollarlik soat sovg'a qildi

Narzulla Saydullayev
12 may 2023, 09:25
Krishtianu Ronalduga 100 ming dollardan qimmat soat sovg'a qilishdi.

"Al-Nassr" hujumchisi Ar Riyoddagi Jacob&Co qo'l soatlari butigiga tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida brend elchisi sifatida Ronalduga unikal dizaynli soat sovg'a qilindi.

Ma'lumot uchun, "Jacob & Co" kompaniyasi asoschisi va egasi o'zbekistonlik Jeykob (asl ismi Yoqub) Arabodir. Bu haqda oldinroq saytimizda alohida material chop etilgan edi.

Heart of CR7 Baguette soati, 26ta oq brilliantga ega, yorqin yashil rangda tayyorlangan. Old tomonida Ronaldu va uning iniciallari, orqa tomonida esa mashhur gol nishonlash rasmi tushirilgan.

Ushbu soat narxi 117 000 dollarga teng.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: instagram.com/jacobandco