YCHLning hafta futbolchisi aniqlandi

Aslanov Jasurbek
8 mar 2019, 17:00
“Ayaks” yarimhimoyachisi Dushan Tadich UEFA tomonidan YCHLning hafta futbolchisi deb e'lon qilindi.

Tadich “Real”ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinida 2ta golli pas berib, 1ta gol urgandi.

Serbiyalik 30 yoshli futbolchi ovoz berish natijalariga ko'ra Ugo Lloris (“Tottenxem”), Romelu Lukaku (“Manchester Yunayted”) va Mussa Marega (“Portu”) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Avvalroq, Dushan Tadichga "Manchester Siti" va "Bavariya" qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA.com