YCHL. Pley-offga chiqqan "Atalanta" o'ziga xos natija qayd etdi

12 dek 2019, 02:02
6-tur oldidan bergamoliklar 4-ochko bilan "S" guruhida 4-o'rinni band qilgandilar.

Yevropa chempionlar ligasi 6-turi doirasida doneckning "Shaxtyor" klubini (3:0) mag'lub etgan "Atalanta" guruhda ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.

Shunday qilib, Italiya chempionati vakili musobaqa tarixiga kirdi. Gap shundaki, "Atalanta" guruh bosqichining dastlabki 3 bahsini mag'lubiyat bilan ("Dinamo" (Zagreb) 0:4, "Shaxtyor", "Manchester Siti" 1:5) yakunlaganiga qaramay, pley-off yo'llanmasiga ega chiqqan ilk klubga aylandi.

Shaxter Ukraina – Atalanta Italiya 0:3

11 dekabr, 22.55, Metallist

Gollar:

0:1 – 66 Kastan, 0:2 – 80 Pashalich, 0:3 – 90 Gosens.

Shaxter – Pyatov, Dodo, Krivcov, Matvienko, Ismaili, Tayson, Alan Patrik, Kovalenko (Solomon, 71), Stepanenko, Tete (Marlos, 59), Moraes.

Atalanta – Gollini, Gosens, Palomino, Masello (Malinovskiy, 61), Kastan, Pashalich, de Ron, Gomes (Xatebur, 90), Froyler, Gimshiti, Muriel (Rojer, 71).

Ogohlantirishlar:

Muriel (23), Alan Patrik (50), Dodo (63), Froyler (74), Xatebur (90).

Chetlatish:

Dodo (77).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia