

22 yoshli futbolchini "Benfika" 6,75 million evroga bir yilga ijaraga oldi. Shuningdek, portugaliyaliklar ukrainalik futbolchini bir yildan so'ng 20 million evroga sotib olishlari shart.
Sudakovning o'zi "Benfika"da 10-raqamda harakat qiladi. Shartnoma muddati 5 yilga mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Sudakov uchun Yevropaning bir qator TOP klublari qiziqish bildirgandi. Biroq futbolchining o'zi rivojlanish uchun aynan "Benfika" end mukammal klub deb hisobladi.
Ma'lumot uchun, Georgiy o'tgan mavsum "Shaxtyor" safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 15 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.


