"Shaxtyor" va "Andijon" o'rtasidagi bahs 55-daqiqada to'xtatildi

Aslanov Jasurbek
2 fev 2026
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Andijon" Antaliyada Qozog'istonning "Shaxtyor" jamoasi bilan nazorat o'yini o'tkazdi.

Biroq uchrashuv 55-daqiqada hakam tomonidan to'xtatildi.

Bahs o'ta keskin kurashlar ostida o'tdi va har ikki jamoa g'alaba uchun bor kuchini sarfladi. O'yin davomida futbolchilar o'rtasida bir necha bor to'qnashuvlar yuz berdi, bu esa bunday nazorat uchrashuvlarida tez-tez uchrab turadi. Shunga qaramay, hakam jamoalarga 90 daqiqani to'liq o'ynashga ruxsat bermadi.

O'yin to'xtatilgan paytda tabloda 0:0 hisobi saqlanib turgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: goalkz