

"Yig'in uchun raqiblar ehtiyotkorlik bilan tanlanib, jamoaning jismoniy va taktik tayyorgarligini yuqori darajada sinovdan o'tkazish maqsad qilingan", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.
12.01 - "Qorabog'" (Ozarbayjon)
Ozarbayjonning eng kuchli klublaridan biri, mamlakat futbolining yetakchi jamoasi. Evrokuboklarda muntazam ishtirok etib kelayotgan tajribali raqib.
16.01 - "Alyuminiy" (Sloveniya)
Sloveniya chempionatida ishtirok etuvchi barqaror jamoa. Intizomli o'yin uslubi va jismoniy tayyorgarligi bilan ajralib turadi.
19.01 - Raqib aniqlanadi
Ushbu sanadagi nazorat uchrashuvi uchun raqib jamoa tanlash jarayonida. Yaqin kunlarda rasman e'lon qilinadi.
28.01 - Raqib aniqlanadi
Ushbu sanadagi nazorat uchrashuvi uchun raqib jamoa tanlash jarayonida. Yaqin kunlarda rasman e'lon qilinadi.
31.01 - "Arqadag'" (Turkmaniston)
Turkmanistonning amaldagi chempioni. So'nggi mavsumlarda yuqori natijalar qayd etib kelayotgan kuchli va ambiciyali jamoa.
05.02 - "Shaxtyor" Doneck (Ukraina)
Yevropada katta tajribaga ega, Ukraina futbolining grandi. Jamoamiz uchun eng jiddiy sinovlardan biri bo'ladi.
07.02 - "Aleksandriya" (Ukraina)
Ukraina chempionati ishtirokchisi, o'tgan mavsum Ukrainaning vise-chempioni.
10.02 - "Dinamo" Batumi (Gruziya)
Gruziyaning yetakchi klublaridan biri. Texnik va kombinacion futbol uslubiga ega jamoa.



