Rasman: "Real" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
1 apr 2022, 18:57
Madridning "Real" klubi "Shaxtyor" (Doneck) himoyachisi Vinisius Tobias bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda "konchilar" rasmiy sayti xabar bermoqda.

18 yoshli braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" tarkibida 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijara asosida harakat qiladi. "Real"da futbolchini 18 million evro evaziga xarid qilish huquqi bor.

Tobias "Shaxtyor"ga 2022 yilning yanvarida Braziliyaning "Internasonal" jamoasidan 6 million evro evaziga o'tgan edi. Futbolchi hali Ukraina jamoasi tarkibida rasmiy o'yinda maydonga tushgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: shakhtar.com