YCHL. Chorak finalning barcha ishtirokchilari aniq

19 mar 2015, 03:00
Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi javob o'yinlari yakunlandi.
Unga ko'ra, "Barselona", "Real", "Atletiko" (barchasi - Ispaniya), PSJ, "Monako" (ikkalasi - Fransiya) , "Bavariya" (Germaniya), "Yuventus" (Italiya) hamda "Portu" (Portugaliya) jamoalari Yevropaning eng nufuzli sovrini uchun kurashni davom ettirishadi.

Eslatib o'tamiz, Yevropa chempionlar ligasi chorak finaliga 20 mart kuni qur'a tashlanadi.

Manba: championat.asia