YCHL. “Chelsi” 25 futbolchini qaydnomadan o'tkazdi, Maunt va yana 3 o'yinchi “B” ro'yxatiga kirdi

Eldor Akmurzayev
7 okt 2020, 19:47
Bu haqda “aristokratlar” matbuot xizmati xabar bermoqda.

“A” ro'yxat, yani, musobaqada qatnashishi aniq bo'lgan futbolchilar bilan tanishing:

Darvozabonlar – Kepa Arrisabalaga, Villi Kabalero, Eduar Mendi;

Himoyachilar – Antonio Ryudiger, Markos Alonso, Andreas Kristensen, Tiago Silva, Kurt Zuma, Fikayo Tomori, Ben Chiluell, Sesar Aspilikueta, Emerson;

Yarim himoyachilar – Jorjino, Ngolo Kante, Kristian Pulishich, Mateo Kovachich, Xakim Ziesh, Kay Xavertc;

Hujumchilar – Temmi Abraxam, Timo Verner, Olive Jiru.

“B” ro'yxatidan esa 4 futbolchi joy oldi: Ular ma'lum sabablarga ko'ra “A” ro'yxatidan chiqishi mumkin bo'lgan futbolchining o'rniga qayta qaydnomadan o'tadi.

Bular: yarim himoyachilar Meyson Maunt, Kallum Xadson-Odoi va Billi Gilmor, shuningdek, himoyachi Ris Jeymsdir.

YCHL guruh bosqichida “Chelsi” “Krasnodar”, “Sevilya” va “Renn”ga qarshi to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: chelseafc.com