Desham: "Fransiyaning omadi keldi. Hech bir yarim finalchi o'yinni to'liq nazorat qila olmadi"

Aslanov Jasurbek
11 dek 2022, 19:30
Dide Desham Angliyaga qarshi bahsda Fransiya terma jamoasining omadi kelgani haqida gapirdi.

"Juda muhim o'yin edi. Biz Angliyadek o'ta kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. Ular texnik va jismoniy holati juda yaxshi.

Futbolchilarimiz yana yarim finalga chiqa olishdi. Biroz omadimiz keldi, darvozamiz tomon ikkita penaltining faqat bittsai golga aylandi.

Barcha chorak final o'yinlarini tomosha qildim va yarim finalga chiqqan hech bir jamoa o'yinni to'liq nazorat qila olmagan.

Bu bahsda Angliya o'zini yuqori darajada futbol o'ynay olishini isbotladi" - deydi Desham.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail