De Xea "Arsenal"ga qarshi bahsda o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2019, 16:43
"Manchester Yunayted" darvozaboni David de Xea bugun "Arsenal"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Kubogi 1/16 final uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispaniyalik posbon Londonga yo'l olgan futbolchilar orasida yo'q edi. De Xeaning sog'ligi borasida muammo yo'q va unga dam olish kuni taqdim etildi.

"Arsenal" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi "Emireyts" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs 26 yanvarga o'tar kechasi 00:55da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News