

“Birinchi goldan keyin biz tashabbusni o'z qo'limizga oldik, so'ngra o'sha to'qnashuv ro'y berdi. Bu o'ta qo'pol “fol” emasdi, ammo voqealar rivojidan kelib chiqib aytadigan bo'lsa, o'sha harakati uchun Mane qizil kartochkaga haqli edi. Agar Ederson jarohat olmaganida edi, bu vaziyat uchun sariq kartochka bersa ham bo'lardi”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Manchester Evening News.



