

Kecha “Al Ayn” jamoasi “Bunyodkor” stadionida rasmiy mashg'ulotini o'tkazdi. Ushbu mashg'ulotdan so'ng “Al Ayn” klubi futbolchisi Danilo Asprilla bugungi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
“Bugun “Lokomotiv” uchun ham “Al Ayn” uchun ham juda ham qiyin uchrashuv bo'ladi bo'ladi. Menimcha shunisi bilan juda ham qiziqarli o'yin guvohi bo'lamiz. To'g'ri, Dubay o'ahrida bo'lgan ilk uchrashuvda nursiz durang qayd etildi. O'shanda toshkentliklar himoyada juda ham tartibli o'yin ko'rsatgandi. Biz bu natijani unutib barcha e'tiborimizni bugungi o'yinga qaratganmiz. “Lokomotiv” tarkibidan 8-raqamli futbolchini alohida etirof etgan bo'lardim”, - deydi “Al Ayn” klubi futbolchisi Danilo Asprilla.
Jahongir Sotvoldiev



