Dani Alves LaLigadagi 100-assistini amalga oshirdi

Mirjalol Normatov
8 may 2022, 10:50
"Barselona" himoyachisi Dani Alves Ispaniya chempionati doirasida "Betis"ga qarshi o'yinda Jordi Albaning goliga hammuallif bo'ldi.

Shu orqali u LaLigadagi faoliyati davomida 100-assistini amalga oshirdi. Bunga qadar 39 yoshli braziliyalik himoyachi "Sevilya" tarkibida ham o'ynagan.

So'nggi 30 yil davomida bu uchinchi natija hisoblanadi. Bu reytingda ayni damda Leo Messi yetakchilik qilmoqda - 189 assist. Keyingi o'rinda esa "Barselona" va "Real"ning sobiq futbolchisi Luish Figu bor - 107 assist.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal