Dahshat! Benzema jarohat oldi, EVRO'gacha 2 kun qolgan

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2021, 01:51
Fransiya terma jamoasi o'rtoqlik o'yini doirasida Bolgariyaga qarshi o'yin o'tkazmoqda.

Sen-Denidagi "Stad de Frans" o'yingohida kechayotgan bahsning 41-daqiqasida Karim Benzema jarohatlandi va o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga "Chelsi" forvardi Olive Jiru tushirildi.

Alohida aytish kerakki, 6 yillik tanaffusdan keyin terma safiga qaytgan Karim Benzema zaxira o'rindig'ida ko'zyoshlarini tiyib turolmadi.

Eslatib o'tamiz, 11 iyun kuni Evro-2020 start oladi. 33 yoshli forvard ungacha tibbiy ko'rikdan o'tadi va jarohat qanchalik jiddiy ekanligi aniqlanadi.   

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia