Coca Cola Superliga. Mavsumdagi birinchi gol muallifi - "Olimpik" futbolchisi

Omonjon To`xtamirzayev
3 mar 2023, 18:43
Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Olimpik" uchrashuvining 7-daqiqasida hisob ochildi.

Ayni daqiqalarda uchrashuv birinchi bo'limi davom etmoqda.

O'yinning ilk daqiqalaridayoq Alisher Odilov himoyachilarni ortda qoldirib, teziligi evaziga to'pga birinchi bo'lib yetib bordi va Eldor Suyunov uni yiqilishiga sababchi bo'ldi. Hakam Aziz Asimov "VAR" yordamida vaziyatni takroran tomosha qildi va nuqtaga ishora qildi.  

"Paxtakor" darvozasiga belgilangan penaltini Ruslanbek Jiyanov aniq amalga oshirdi va O'zbekiston Superligasi yangi mavsumidagi birinchi gol muallifiga aylandi.  


So'nggi yillarda O'zbekiston chempionatida mavsumning ilk golini urgan futbolchilar ro'yxati: 

2023 - Ruslanbek Jiyanov ("Olimpik")

2022 - Shahzodbek Ubaydullaev ("Neftchi")

2021 - Elvin Fortes (OKMK)

2020 - Ivan Solovyov ("Navbahor")

2019 - Oybek Qilichev ("Andijon")

2018 - Marat Bikmaev ("Lokomotiv") 

2017 - Davronbek Karimqulov ("Metallurg", avtogol)

2016 - Zohid Abdullaev ("Metallurg")

2015 - Shaker Zuagi ("Bunyodkor")


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia