"Chelsi"ning 80 mln evrolik futbolchisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
6 apr 2025, 15:56
Jarohat tufayli u 500 kundan ortiq vaqt o'yinlardan chetda qoldi.

"Chelsi"ning fransiyalik himoyachisi Uesli Fofana navbatdagi jarohati sababli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

Futbolchining mushak jarohati olgandan keyingi tekshiruv natijalari jarrohlik amaliyoti zarurligini ko'rsatdi. Kecha u sonining orqa qismidan muvaffaqiyatli operaciya qilindi.

Shuningdek, Fofana Klublar o'rtasidagi JCHda ham ishtirok eta olmasligi kutilmoqda.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, fransiyalik o'yinchi "Chelsi"da 2022/23 yilgi mavsumdan buyon jarohatlar tufayli 564 kun maydondan tashqarida qoldi. Bu vaqt ichida u London klubining 95 ta o'yinida qatnashmadi.

Londonliklar uni 2022 yil avgustida "Lester"dan 80 mln evroga sotib olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: London Evening Standard