

"The Times" xabariga ko'ra, London klubi bosh murabbiy etib tayinlanishi kecha e'lon qilingan Potter uchun 20 million funt, shuningdek, "Brayton"ni u bilan birga tark etgan murabbiylar shtabi a'zolari uchun yana 2 million funt to'laydi.
Murabbiy va uning shtabi uchun 22 million funt tovon puli rekord hisoblanadi. Avvalroq bir klubdan ikkinchi klubga o'tish uchun to'langan eng katta summa 20 million evro (taxminan 17,4 million funt) bo'lib, bu pulni "Bavariya" "RB Leyptsig"ga Yulian Nagelsmann uchun to'lab bergan.
Avvalroq Potter "Chelsi" bilan 5 yillik shartnomaga ko'ra, 60 million funt sterling ishlab topishi ma'lum bo'lgan edi.



