"Chelsi" FIFA taqiqi olib tashlansa, yanvarda transferlar uchun 150 million funt sarflamoqchi

Alisher
5 noya 2019, 18:13
Agar "Chelsi"dan Sport arbitraj sudi FIFA taqiqini olib tashlasa, "aristokratlar" jamoa tarkibini kuchaytirish uchun 150 million funt sarflamoqchi.

Xabar qilinishicha, CAS 20 noyabrda londonliklarning apellyaciyasini ko'rib chiqadi.

Agar vaziyat "Chelsi" uchun ijobiy yakunlansa, klub yanvar oyidagi transferlar oynasida katta mablag'lar sarflamoqchi.

Eslatib o'tamiz, FIFA "Chelsi"ga ikki transfer oynasida futbolchi sotib olishni taqiqlagan va bu taqiq 2020 yil yozida o'z yakuniga etadi.
"Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard 150 million funtni "Leyptsig" hujumchisi Timo Verner, "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Uilfrid Zaa va "Lester" himoyachisi Ben Chiluellarga sarflamoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Reuters