"Byornli" "Manchester Siti" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
23 iyul 2022, 13:37
"Manchester Siti" darvozaboni Ariyanet Murich "Byornli" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

23 yoshli shveytsariyalik bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi. Transfermarkt portali bitimni 3 mln evroga baholamoqda.

Murich o'tgan mavsumni ijara asosida "Adana Demirspor"da ijarada o'tkazdi. U Turkiya chempionatida 31ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 38ta to'p olib chiqdi va 9ta "quruq" o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: burnleyfootballclub.com