Buyuk Britaniyada Ronalduning A Seriyadagi debyut uchrashuvining dastlabki 15 daqiqasini ko'rsatishmaydi. Nega?

18 avg 2018, 16:19
A Seriyani Buyuk Britaniya hududida translyatsiya qiladigan "Eleven Sports" kompaniyasining ma'lum qilishicha, "Kevo" - "Yuventus" uchrashuvining dastlabki 15 daqiqasi ko'rsatilmaydi.

Gap shundaki, Angliya Futbol Assotsiatsiyasi shanba kuni mamlakatda mahalliy vaqt bilan soat 14:45dan 17:15ga qadar futbol o'yinlarini jonli ko'rsatishni taqiqlab qo'ygan. Bundan ko'zlangan maqsad - dam olish kunlari mamlakatda bo'ladigan o'yinlarda muxlislar tashrifini oshirish.

Shu boisdan ham "Eleven Sports" kompaniyasi "Kevo" - "Yuventus" o'yinini 16-daqiqasidan boshlab efirga uzatadi. Ronalduning debyuti bo'lishi kutilayotgan uchrashuvning boshlanish vaqti Buyuk Britaniya vaqti bo'yicha 17-00ga to'g'ri kelib qolgan.

"Eleven Sports" kompaniyasi AFAning bu taqiqi bo'yicha kurashishini ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru