

Unda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari, Buxoro futbol assotsiatsiyasi Ijroqo'm a'zolari, delegatlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Mazkur Kongressga delegatlar sifatida Buxoro viloyati tuman (shahar)lar futbol assotsiatsiyalari prezidentlari, viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, O'zbekiston Pro-liga va Birinchi liga musobaqalarida ishtirok etuvchi futbol klublari, viloyat futbol mahorat maktabi, bolalar va o'smirlar futbol maktabi vakillari hamda futbol faxriylari taklif etildi.
Kongress avvalida Buxoro futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2020 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti eshitildi va 2021 yilgi byudjeti tasdiqlandi.
Kongress kun tartibiga ko'ra viloyat futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo'mitasiga nomzodlar ovoz berish yo'li bilan saylandi. Shuningdek, Buxoro viloyati hokimi v.b. Botir Zaripov viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti, Farrux Hamroev assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti hamda viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig'i Shuhrat Aliev assotsiatsiyasi vice-prezidenti etib tasdiqlandi.
Kongressda so'z olgan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti Shoakram Isroilov Buxoro futbolining o'ziga xos tarixi borligini, uning ana shu tarixiy ananalarini qayta tiklash zarurligini aytib o'tdi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov so'nggi yillarda xalqimizning salomatligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish, manaviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, millionlar o'yini bo'lgan va mamlakatimizda alohida o'rin tutadigan sportning futbol turiga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinayotganligi alohida ta'kidladi.
Tadbir yakunida viloyat futbol assotsiatsiyasi moddiy texnik bazasini yaxshilash va uning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taminlash maqsadida O'FA tomonidan texnik jihozlar va zarur o'quv qo'llanmalar taqdim etildi.






