"Bunyodkor" akademiyasi murabbiylari uchun o'quv seminar o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2019, 14:15
Xabaringiz bor 6-8 feral kunlari “Bunyodkor” akademiyasida faoliyat olib borayotgan murabbiylarning kasbiy mahorat sinovdan o'tkazilgan edi.

Sinov natijalariga ko'ra malakali mutaxassislar jalb qilinib, murabbiylarga uslubiy ko'rsatmalar berib borilishi  takidlangan edi. 14 feral sanasida  “Bunyodkor” akademiyasida klub rahbariyati taklifiga binoan murabbiylarimiz uchun  uchun O'FA ilmiy-uslubiy bo'lim boshlig'i  pedagogika fanlari nomzodi, professor Shamil Iseev o'quv-seminari o'tkazdi.

Murabbyilarimiz mahoratini oshirish, futbol talimi samardorligini oshirish hamda malakali murabbiylar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan ushbu seminarda murabbiylarga nazariy, texnik va taktik ko'rsatmalar tushuntirib o'tildi. Shuningdek, futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirib borish, ularning jismoniy holatini nazorat qilib borish mumkin bo'lgan uslubiy ko'rsatmalar aytib o'tildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com