Bugun 9 nafar futzalchiga Xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni topshiriladi

Tolibjon Qosimov
14 noya 2016, 15:28
O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining 9 nafar a'zosiga Xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni berildi.

Bugun Oliy liga 1-tur dastlabki kunidan o'rin olgan so'nggi o'yindan oldin ana shu futzalchilarga guvohnomalar topshiriladi. Shuningdek, yaqinda futzalchilik faoliyatini yakunlagan Nodir Eliboevga O'zbekiston futzal Assotsiatsiyasi va o'yinchining so'nggi professional klubi hisoblangan "Ardus" jamoasi tomonidan esdalik sovg'alari ham topshiriladi.

Kunning oxirgi uchrashuvi 18:00da boshlanadi. Unda amaldagi chempion "Olmaliq" hamda Samarqandning "Nafis" jamoalari o'zaro bellashadilar. Barcha muxlislarni "O'zbekiston" sport majmuasiga taklif etib qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia