Bove yurak jarrohligidan keyin birinchi marta "Fiorentina" o'yiniga keldi

Sherzod Nurmatov
25 dek 2024, 12:37
"Fiorentina" jamoasi yarim himoyachisi Edoardo Bove "Inter"ga qarshi A Seriya 17-turida hushini yo'qotganidan so'ng ilk bor jamoasi o'yiniga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Sport.ua.

Xabar qilinishicha, 22 yoshli Bove jamoasining "Udineze"ga qarshi o'yinini zaxira o'rindig'idan turib kuzatgan.

Eslatib o'tamiz, hushini yo'qotgach, Bovega defibrillyator o'rnatildi va u futbolchilik faoliyatini davom ettira oladimi yoki yo'q, noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.ua