"Borussiya" yarim himoyachisi "Arsenal"ga yo'l olishi mumkin

Alisher
28 okt 2021, 14:05
"Arsenal" Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Denis Zakariyaga qiziqmoqda.

"Kanonirlar" 24 yoshli shveytsariyalik futbolchi bilan kelasi yozda erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi va dastlabki muzokaralarni yanvarda boshlamoqchi.

Zakariya 2021/22 yilgi mavsum "Borussiya" libosida 8ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Uning klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern