"Borussiya" bir necha haftaga Xolandni yo'qotdi

Alisher
22 okt 2021, 18:08
Dortmundning "Borussiya" klubi "Ayaks" (0:4)ga qarshi Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-tur doirasidagi o'yindan so'ng yo'qotishga uchradi.

Jamoa bosh murabbiyi Marko Roze hujumchi Erling Xoland mushak jarohati sabab bir necha haftaga safdan chiqqanini xabar qildi.

Mutaxassis 21 yoshli norvegiyalikning aniq maydonga qaytish muddatini ma'lum qilmadi.

Jamoa lazaretida shuningdek himoyachilar Toma Myone va Niko Shulc o'rin olgan. Ular "Arminiya"ga qarshi bahsda ishtirok etishmaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: bvb.de