Bolt: "MYUda ko'rikdan o'tishim kerak. Menga 5 yillik shartnoma taklif qilishlariga ishonaman"

Aslanov Jasurbek
20 noya 2015, 16:10
Engil atletika bo'yicha jahon chempioni, mashhur sprintchi Useyn Bolt "Manchester Yunayted"da ko'rikdan o'tmoqchi ekanligini aytdi.

"Menimcha "Manchester Yunayted"da ko'rikdan o'tib, ular nima deyishlarini ko'rmoqchiman. Balki shunay deyishar: "Qoyil, jamoaga qo'shilishing mumkin" yoki boshqacha: "Yo'q sendan futbolchi chiqmaydi".

O'ylashimcha o'zimni ko'rsata olaman, chunki juda tezkorman va hozirda formadaman, to'p bilan yaxshi harakat qilaman va futbolda deyarli barcha narsani tushunaman. Shu sababli agar ko'rikdan o'tsam, ular menga 5 yillik shartnoma taklif qilishlariga ishonaman" - deydi Bolt.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester United TV