Boks. Osiyo chempionatida imkoniyatlarimiz qanday? (tahliliy maqola)

Aziz Tukhtamuradov
12 apr 2019, 13:23
Xabaringiz bor, yana bir necha kundan so'ng Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionati start oladi.

Ushbu musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishadi. 17 aprel kuni boshlanadigan qita birinchiligida erkak bokschilarimiz oldida mas'uliyatli vazifa turibdi. Garchi, ushbu musobaqa jahon chempionatiga yo'llanma bermasada, O'zbekiston terma jamoasi Osiyoda yetakchi ekanligini yana bir marotaba isbotlashi lozim bo'ladi.

Qita miqyosidagi so'nggi ikki nufuzli musobaqa - Osiyo chempionati (Toshkent, 2017 yil) va Osiyo o'yinlari (Jakarta, 2018) charm qo'lqop ustalarimiz uchun kutilganidanda muvaffaqiyatli kechgandi. Poytaxtimiz mezbonlik qilgan musobaqada vakillarimiz 10 ta vazn toifasida 9 ta oltin medalga ega chiqishgan bo'lsa, Jakartadagi Osiyo o'yinlarida yigitlarimiz 7 ta vazn toifasida 5 ta oltin, 2 ta kumush medalga sazovor bo'lishgandi. Fantastik natija! Shunday emasmi?

Bu endi tarixda qoldi. Bokschilarimiz ana shunday natijalar orqali muxlislarni g'alabalarga o'rgatib qo'yishgan. Tabiiyki, yaqinlashib kelayotgan Osiyo chempionatida ham sportchilarimizdan ana shunday muvaffaqiyatli yurishni kutishga haqqimiz bor. 

Ammo yaxshi bilasiz, terma jamoamizda avlodlar almashinuvi kechmoqda...


Maqolaning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > Boks. Osiyo chempionatida imkoniyatlarimiz qanday? (tahliliy maqola)

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com