Birinchi liga. "Registon", "G'ijdivon" keyingi ikkitasi kim bo'ladi?

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2014, 20:52
Kecha O'zbekiston birinchi ligasi doirasidagi 20-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. A
Ayni vaqtda birinchi bosqichning so'nggi turlariga yetib kelayotgan chempionat karvonidan birin ketin jamolar tushib qolmoqda. Kecha bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng Buxoroning "G'ijdivon" jamoasi ham debyutni sakkizlikka kira olmaslik bilan rasmiy tark etdi.

Navbatdagi tur uchrashuvlari 10-13 iyul kunlari bo'lib o'tadi va barcha sakkizlikka kirgan jamoalar nomi ma'lum bo'ladi. Biz esa so'nggi ikki tur oldidan jamoalar imkoniyatini chamalab chiqamiz.

20-turdan so'ng "Sho'rtan", "Xorazm", "Zomin", "Orol" va "Mashal-2" jamoalar rasmiy ravishda kuchli sakkizlikka kirishni uddalab bo'lgan. "Registon" va "G'ijdivon" esa allaqachon birinchi bosqichdan o'ta olmasligi ma'lum bo'lgan. Qolgan besh jamoa esa sakkizlikdagi uchta o'rin uchun kurash olib boradi. Ikkita jamoa esa sakkizlikka kira olmagan jamoalarga sherik bo'ladi.
Tur oldidan ahamiyatga molik uchrashuvlarga to'xtalib o'tamiz.

Ayni vaqtda jadvalning eng qizg'in nuqtasi  6-10 o'rinlar bo'lib turibdi.

#

Jamoa

O'

O

6

Alanga

20

27

7

Sherdor

20

26

8

G'allakor Avtomobilchi

20

24

9

Guliston

20

21

10

Spartak

20

20



So'nggi ikki tur taqvimi
21-tur. 10 iyul
123. G'allakor-Avtomobilchi – Orol  
124. Sherdor – Xorazm  
125. Guliston – Alanga  
126. Zomin - Spartak  
 
22- tur. 13 iyul
129. Sherdor – Orol  
130. G'allakor-Avtomobilchi – Xorazm  
131. Zomin – Alanga  3:0
132. Guliston – Spartak

21-tur ahamiyati jihatidan juda muhim bo'ladi. Ushbu turni o'zidayoq so'nggi ikki chiqib ketuvchi jamoa nomi ma'lum bo'ladi. 

“Spartak” –  jamoasi ikkita safar uchrashuvi bilan bosqichni yakunlaydi. “Guliston” agar 21-turda “Alanga”ni mag'lub etsa, “Spartak” jamoasini mag'lub etishiga shubha ham qilmasa bo'ladi. Bu jamoa imkoniyati eng past va chiqib ketish uchunn asosiy davogar. Deyarli sakkizlikka kira olmasligi ma'lum bo'lgan. 21-turda safarda “Zomin”dan mag'lub bo'ladi va ishtirokini to'xtatadi.  “Spartak”ka esa qaysi jamoa sherik bo'lishi juda ham keskin bo'ladi.

“Guliston” -  jamoasini sakkizlikka qolishi o'zini qo'lida. O'z maydonidagi bitta g'alaba katta narsani hal etadi. “Alanga” mag'lub etilsa , jamoaning ochkolari uchta kam bo'ladi. Bu vaqtga kelib “Spartak”ning mag'lub etish imkoniyati 99 % ga oshadi. Undan tashqari “Zomin” uchun ham “Guliston”ning keyingi bosqichga chiqishi “zolotoy” uch ochko keltiradi. Shu bois “Zomin” o'z maydonida qanday bo'lmasin “Alanga”ni malub etadi.  Ikki uchrashuvda g'alaba qozongan “Guliston” keyingi  bosqichga chiqish uchun “Alanga” bilan ochkolari teng bo'lib qoladi va ikkita o'yinda ham g'alaba qozongan (safarda 2:0 hisobida “Alanga” mag'lub etilgan) “Guliston” keyingi bosqichga yo'l olishi ma'lum bo'ladi.

“G'allakor” – jamoasini imkoniyatlari ham juda qiyin bo'lib turibdi. 21-turda “Orol”ni mag'lub etadi. “Orol” uchun ham “G'allakor”ni keying bosqichga chiqishi qulayroq. Negaki “Orol”ga “Alanga”, “Sherdor”  yoki “Guliston”dan ko'ra “G'allakor”ning chiqqani uch ochkoni keyingi bosqichga olib chiqishdir. Shu bois “Orol”ning “G'allakor”ga mag'lub bo'lishi o'zlari uchun foydali. Bu holda “G'allakor”ning ochkolar 27 taga etadi. So'nggi turda esa ko'p masala ma'lum bo'lib qoladi. “Xorazm” bilan during ham keying bosqichni taminlaydi.

“Sherdor” – jamoasi uchun esa  bitta g'alaba etarli. 21-turda maydonida “Xorazm” mag'lub etiladi va  29 ochko bilan keyingi bosqichga yo'l oladi. So'nggi turda “Orol”ga qarshi uchrashuv ham borligini inobatga olsak, “Sherdor” deyarli keying bosqichda.

“Alanga” – jamoasida esa vaziyat juda og'ir. Ikkita safar uchrashuvini o'tkazadi. Birinchisi esa asosiy raqibiga qarshi hal qiluvchi uchrashuv bo'ladi. Bu o'yinda mag'lub bo'lsa “Alanga” keyingi bosqichga chiqa olmasligi yaqinlashadi. Turning va davraning eng muhim uchrashuvi 10 iyul kuni Gulistonda “Guliston” – “Alanga” o'rtasida bo'lib o'tadi.  Agar mag'lubiyatga uchrasa so'nggi turda “Zomin” mehmoni bo'ladigan “Alanga”da imkoniyat juda oz.

So'nggi tur oldidan taxminlar:
21-tur. 10 iyul
123. G'allakor-Avtomobilchi – Orol  2:1
124. Sherdor – Xorazm  1:0
125. Guliston – Alanga  1:0
126. Zomin - Spartak  3:0
 
22- tur. 13 iyul
129. Sherdor – Orol  2-2
130. G'allakor-Avtomobilchi – Xorazm  1-1
131. Zomin – Alanga  3:0
132. Guliston – Spartak  2:0

Agar ushbu taxminlar o'zini oqlasa so'nggi turda jadval quyidagicha bo'lib yakunlanadi.

#

Jamoa

O'

O

6

Sherdor

22

30

7

G'allakor Avtomobilchi

22

28

8

Guliston

22

27

9

Alanga

22

27

10

Spartak

22

20


Yakunda esa "Alanga" va "Spartak" kuchli sakkizlikka kira olmaydi va birinchi bosqichni tark etadi.

Yozganlarimizni barchasi albatta taxminlar va qarashlar asosida lekin barchasi maydonda hal bo'ladi. Kuchli jamoalarga omad.

Humoyun Davurov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia