⚡️ Benzema “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan 5-francuz va sakkizinchi “Real” futbolchisi

Eldor Akmurzayev
18 okt 2022, 08:10
2022 yil yakunlariga ko'ra, Karim Benzema “Oltin to'p”ga loyiq ko'rildi.

U mazkur sovrinni qo'lga kiritgan beshinchi fransiyalik futbolchiga aylandi. Oldinroq, Raymon Kopa (1958), Mishel Platini (1983, 1984, 1985), Jan-Per Papen (1991), Zinedin Zidan (1998) ushbu sovrin egasiga aylangan.

Shuningdek, 34 yoshli hujumchi “France Football” talqini bo'yicha yil futbolchisiga aylangan “Real”ning sakkizinchi o'yinchisi sifatida qayd etildi. Avvalroq, Alfredo Di Stefano (1957, 1959), Raymon Kopa (1958), Luish Figu (2000), Ronaldo (2002), Fabio Kannavaro (2006), Krishtianu Ronaldu (2013, 2014, 2016, 2017) hamda Luka Modrich (2018) mazkur nomga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia