Benzema - Chempionlar ligasi tarixida 60 ta gol urgan to'rtinchi futbolchi

14 fev 2019, 08:26
Karim Benzema YCHLda o'z sermahsulligini namoyish etmoqda.

“Real” kecha 1/8 finalning dastlabki o'yinida safarda “Ayaks”ni 2:1 hisobida engdi. “Qirollik klubi”ning bitta goliga Karim Benzema mualliflik qildi. Bu fransiyalik futbolchi uchun musobaqadagi 60-gol bo'ldi. 31 yoshli Benzema to'rtinchi bo'lib ushbu marrani bosib o'tdi.

Ayni damda Benzemadan oldinda Raul (71 ta gol), Lionel Messi (106 ta gol) va Krishtianu Ronaldu (121 ta gol) bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka