Benites: "PSJni boshqaramanmi? Kelajagimni 2-3 oydan so'ng muhokama qilamiz"

Aslanov Jasurbek
21 fev 2015, 16:18
"Napoli" bosh murabbiy Rafael Benites unga PSJ qiziqib qolgani haqidagi ma'lumotga izoh berdi.

Mutaxassisning Neapol klubi bilan shartnomasi 30 iyunda yakuniga etadi.

"Kelajagim borasida 2-3 oydan keyin fikr bildiraman. Jamoa chalg'ib qolmasligi uchun, qo'limizdan kelgan barcha ishni qilishimiz kerak.

"Napoli" yosh klub va hali ham xalqaro arenada tajriba to'playapti. "Napoli"ni keyingi yil yoki 5 yildan keyin tark etganimda, jamoa o'z chempionatida va evrokuboklarda yaxshi ishtirok etadigan bo'lishi lozim" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com