

"Real" yarim himoyachisi LaLigada mavsum futbolchisiga topshiriladigan Alfredo Di Stefano sovrinini qo'lga kiritdi.
Bellingem o'tgan mavsum "Real" safida Ispaniya chempionatining 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 19ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.
Angliyalik to'purarlar poygasida Aleksandr Serlot va Artyom Dobviklardan so'ng 3-o'rinni egalladi.
Biroq Bellingem va boshqa sovrinlarga nomzod bo'lgan "Real"ning boshqa futbolchilari ushbu marosimda ishtirok etishmadi.
Marca rahbari ushbu vaziyatga quyidagicha fikr bildirdi: "Real Madrid"ning sovrinlarga to'satdan paydo bo'lgan allergiyasi tufayli, bu menga tobora tushunarsiz bo'lib boryapti".
Eslatib o'tamiz, Vinisius Junior "Oltin to'p"ni olmasligi haqida ma'lumot paydo bo'lganidan so'ng "Real" vakillari Parijda o'tgan marosimga boykot e'lon qilishgandi.



