"Bavariya" "Real"ga o'tishi mumkin bo'lgan o'yinchisi o'rniga "Liverpul" a'zosini olib kelmoqchi

Tolibjon Qosimov
28 fev 2024, 15:41
Endryu Robertson "Liverpul"dan "Bavariya"ga o'tishi mumkin.

Myunxen klubi Alfonso Devis ketgan taqdirda 29 yoshli himoyachini olib kelish borasida bosh qotirmoqda. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi. Oldinroq, kanadalik himoyachi "Real"ga o'tishga rozilik bergani haqida ma'lum qilingan edi.

"Bavariya"dagilar Robertson transferini amalga oshirish qiyin bo'lishini tushunib turishibdi, lekin klub Devisning o'rniga yuqori sifatli o'yinchi olib kelmoqchi.


Shotlandiyalikning "Liverpul" bilan kelishuvi 2026 yilgacha amalda bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail