“Barselona”ning yana bir futbolchisi jarohat oldi

7 mar 2020, 08:03
Artur safdan chiqdi.

“Barselona”ning braziliyalik yarim himoyachisi Artur o'ng oyog'ida og'riq his qilayotgani sabab La Liganing 27-turidan o'rin olgan “Real Sosedad”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Futbolchi ayni damda individual dastur asosida shug'ullanmoqda.

Artur joriy mavsum 20 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

“Barselona”-“Real Sosedad” uchrashuvi bugun 22:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca