"Barselona"ning yana bir futbolchisi jamoani tark etishni xohlamoqda

Alisher
18 iyul 2019, 16:23
"Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantara "Valensiya"ga o'tishi mumkin.

Braziliyalik futbolchi jarohatidan forig' bo'ldi va maydonga tushishga tayyor.

Rafinyaning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil iyunga qadar amal qiladi.

"Barselona" yarim himoyachi uchun 15 million evro ishlashni xohlamoqda, ammo "Valensiya" narxni tushirishga urinmoqda.

Rafinya Alkantara "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Futbolchi yakunlangan mavsum atigi 6ta o'yinda maydonga tushgan.

"Ko'k-anorranglilar" uni turli yillarda "Selta" va "Inter" klublariga ijaraga bergan.

"Barselona" futbolchisi klubdan ketishni istamoqda

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport