"Barselona" vice-prezidenti: "Klubning 1,35 mlrd. evro qarzi bor, uni kamaytira olmadik"

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2023, 21:04
"Barselona" vice-prezidenti Eduar Romeuning so'zlariga ko'ra, 2,5 yil davomida klub qarzi kamaygani yo'q.

"Bu haqiqat, qarz o'shandayligicha qoldi. 1,35 mlrd. evrolik qarzdan bir nimalarni yopa oldik, ammo umuman olganda vaziyat o'zgarmagan.

Gap 1 350 mln. evro haqida ketmoqda, ammo bazilar Espai Barca uchun pullarni ham qo'shishmoqda, ammo bu qarz emas. "Barselona"ning qarzi 2,8 mlrd. evro ekanligi haqida sarlavha o'qidim.

Qarzni kamaytira olmaganimiz sababi - futbolchilarga oylik to'ladik, shartnomalar bo'yicha xarajatlar bo'ldi" - deydi Eduar Romeu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo