"Barselona" "Valensiya" himoyachisi uchun ikki futbolchisini berishga tayyor

Sherzod Nurmatov
27 iyun 2021, 00:04
"Barselona" "Valensiya" bilan futbolchilarni o'zaro almashtirishi mumkin, deb xabar bermoqda jurnalist Xerard Romero.

Manbaning xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" "ko'rsharalaklar" chap qanot himoyachisi Xose Gayyani qo'lga kiritish uchun ikki futbolchisini berishga tayyor. "Blaugrana" kelishuvga xavbek Karles Alenya hamda hujumchi Martin Breytueytni qo'shish istagida.

Gayyaning transfer narxi 35 million evroni tashkil qiladi. Alenya 15 million, Breytueyt esa 9 millionga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero